Ohangaronshifer aksiyadorlik jamiyati

1961-yilda Ohangaron sement zavodi ishga tushgach, asbosement to'lqinli shifer ishlab chiqarish asosiy masala qilib qo'yildi. 1963-yil 16 dekabrda konveyerdan BO tipidagi birinchi asbosement varaqlari ishlab chiqarildi. Oradan ikki yil o'tib, 1965 yilda shifer sexida УВ tipidagi boshqa turda shifer tayyorlovchi yana ikki tehnologik liniya ishga tushirildi. 70-yillarda esa shiferchilar CB-40 turkumidagi yirik hajmdagi yangi shifer ishlab chiqarishni o'zlashtirdilar. Shu yillarda asbosement quvurlari tayyorlashni yo'lga qo'yish maqsadida CM-871 quvur tayyorlash mashinalari o'rnatildi.

2003-yilda korxonada cherepitsa ishlab chiqarish, Azbozurit chiqindilaridan preslangan g'isht ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.

2002-2009 - yillarda deyarli barcha tehnologik liniyalar qaytadan yangilandi va jihozlandi. Korxonada keng ko'lamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Ma'muriy, tijorat binolari, favvoralar korxona husniga husn qo'shdi. 2005-yilda kompressor sexi, 2007-yilda qozonxona qurilib ishga tushirildi, bu o'z o'rnida korxonani iqtisodiy mustaqilligini ta'minlash bilan birga, ortiqcha xarajatlarni qisqartirishga erishildi.

Bugungi kunda korxonamizda 243100 ming shartli plita(shifer), 955 shartli kilometr asbosement quvurlar, 700 ming dona keramik cherepitsa ishlab chiqarish quvvatiga ega bo'lgan tehnologik liniyalar ishlab turibdi. Korxonada amalga oshirilgan tehnologik liniyalarni modernizatsiya qilish, ish jarayonlarini avtomatlashtirish natijasida, korxona 2008-yildan asbosement shifer ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish 100% ga erishildi.

2009-yil yakunlariga ko'ra jamiyatimizda 51969 mln. so'mlik tovar mahsuloti ishlab chiqarilib, bir ishchiga mehnat unumdorligi 56 498 ming so'mni tashkil qildi. Shuningdek korxonada mehnatni muhofaza qilish uchun 730 536 ming so'm sarflandi.

Korxonada 2002 yilda 399,5 mln.so'm, 2003 yilda 973,7 mln.so'm, 2004 yilda 726,8 mln.so'm, 2005 yilda 2109,1 mln.so'm,2006 yilda 2415,4 mln.so'm, 2007 yilda 4306,1 mln.so'm, 2008 yilda 935,1 mln.so'm, 2009 yilda 2139,6 mln.so'm kapital qo'yilmalar amalga oshirildi.

2007-2009 yillar davomida korxonamiz tomonidan Navoiy shahridagi СП ООО"Мунжал шифер" korxonasiga 7018,9 mln.so'm, O'rg'ozsoy ohaktosh konini o'zlashtirishga 1516,1 mln.so'm investitsiya kiritildi.

Korxonamizda 2010-2013 yillarga ishlab chiqilgan biznes rejaga asosan 23186 mln.so'm kapital qo'yilmalarni o'zlashtirish ko'zda tutilgan, shundan 2010 yilda 3725 mln.so'm, 2011 yilda 5491 mln.so'm, 2012 yilda 9611 mln.so'm, 2013 yilda 3000 mln.so'm.

"Ohangaronshifer" AJda hozirgi kunda quyidagi mahsulotlar ishlab chiqariladi:

  • GOST 30340-95 bo'yicha to'lqinli va tekis asbestosement shiferlar. Bu mahsulot korxonada 1963 yildan ishlab chiqariladi. 2007 yilgacha to'lqinli va tekis asbestosement varaqlar ishlab chiqarish bo'yicha o'rnatilgan yillik ishlab chiqarish quvvati 206800 mshp yoki 10187192 dona shifer mahsulotiga teng. Yangi tehnologik tizimni ishlab chiqarishga joriy etish natijasida 2007 yildan korxonamizning shifer mahsulotini ishlab chiqarish yillik quvvati 243,1 million dona shartli plitaga yoki 11975369 dona shifer mahsulotiga yetdi. Texnologik jarayon TI 21-14847788-01:2001 o'rniga kiritilgan 2006 yil 29 dekabrda O'zbekiston Davarxitektqurilish qoshidagi Respublika standartlashtirish va sertifikatlashtirish markazi bilan kelishilgan holda korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan TI 21-14847788-01:2007 "To'lqinli va tekis profildagi asbestosement shiferlar ishlab chiqarish tehnologik yo'riqnomasi" bo'yicha nazorat qilib boriladi;
  • bosimsiz (GOST 1839-80 bo'yicha) va bosimli (GOST 539-80 bo'yicha) asbestosement quvurlar va ulagichlar. Bu mahsulot korxonada 1970 yildan ishlab chiqariladi. Korxonaning bosimsiz va bosimli asbestosement quvurlar va ulagichlar ishlab chiqarish yillik quvvati 955 shartli kilometrga teng. Tehnologik jarayon TI 21-14847788-03:2005 o'rniga kiritilgan 2006 yil 29 dekabrda O'zbekiston Davarxitektqurilish qoshidagi Respublika standartlashtirish va sertifikatlashtirish markazi bilan kelishilgan holda korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan TI 21-14847788-03:2007 "Bosimsiz (GOST 1839-80 bo'yicha) va bosimli (GOST 539-80 bo'yicha) asbestosement quvurlar va ulagichlar ishlab chiqarish tehnologik yo'riqnomasi" bo'yicha nazorat qilib boriladi;
  • sopol cherepitsalar (TSH 7.192:2003 bo'yicha). Bu mahsulot kkorxonada 2005 yildan ishlab chiqariladi. Tehnologik jarayon 2005 yil 23 fevralda korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan TI 21-14847788-02:2005 "Sopol cherepitsa ishlab chiqarish tehnologik yo'riqnomasi" bo'yicha nazorat qilib boriladi. Korxonaning yillik sopol cherepitsa ishlab chiqarish quvvati 700 000 dona sopol cherepitsaga teng;
  • asbestosement chiqindilaridan foydalanish asosida devorbop ashyolar (presslangan g'ishtlar KST 21-26:2005 bo'yicha). Bu mahsulot korxonada 2002 yildan boshlab chiqariladi. Tehnologik jarayon 2006 yil 20 dekabrda korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan TI 21-14843788-06-2006 "Asbosement ishlab chiqarish chiqindilaridan tayyorlangan devorbop ashyolar ishlab chiqarish tehnologik yo'riqnomasi" bo'yicha nazorat qilib boriladi.

Asbestosement quvurlar va muftalar tayyorlash quyidagicha amalga oshiriladi: asbest ikki bosqichda titkilanadi (begun va gidrotitkichda), suv bilan aralashtirilgach asbestli suspenziyani sement bilan aralashtiriladi, quvur qoliplash mashinasida qoliblanib quritish konveyerida quritiladi va suv basseynlariga joylashtirilib suvga to'yintiriladi. Keyin maxsus qurilmalarda ishlov berilishi natijasida quvurlar tovar quvurlarga va ulagichlarga aylantiriladi.

Asbestosement tekis va to'lqinli shiferlar ishlab chiqarish tehnologiyasi quvur ishlab chiqarish tehnologiyasi bilan o'xshash. Faqat shifer ishlab chiqarish tizimida qoliplash formatli barabanlarda bajariladi. Bir necha bosqichda maxsus pichoqlarda qirqilib zarur o'lchamlarga keltiriladi va vakuum taxlovchi uskunalarda to'lqin berilib quritish konveyeriga taxlanadi. Quritish konveyeridan yarim mahsulot suvga to'yintirish konveyeri orqali o'tib tayyor mahsulot omboriga taxlanadi:

Asbestosement ashyolar ishlab chiqarish jarayonida quyidagi hom-ashyo va materiallar ishlatiladi:

-GOST 10178 bo'yicha portlandsement 400-DO-N;

-GOST 12871 bo'yicha xrizotil asbest;

-RST Uz 818 bo'yicha texnik suv;

-GOST 2874 bo'yicha ichimlik suvi;

-TU 13-0281151-20 bo'yicha rangli metal va karroziyaga chidamli po'lat qorishmasidan tayyorlangan simlardan yasalgan №24 raqamli to'r;

-TU 13-0281036-06 bo'yicha rangli metal va maxsus karroziyaga chidamli po'lat qorishmasidan tayyorlangan simlardan yasalgan №2 raqamli to'r;

-TU 17 RSFSR 42-10692 bo'yicha IKSH markali yarim sherst aralash igna o'tkazuvchi tehnik sukno;

-TU 17 RSFSR 59-6937 bo'yicha SPSH markali yarim sherst aralash tehnik sukno;

-GOST 857 bo'yicha xlorid kislota;

-GOST 21930 bo'yicha pripoy POS-40.

Hamma turdagi asbestosement mahsulotlarga "Ohangaroshifer" AJ ning murojatiga asosan "Toshqurilishmateriallari" LITI tomonidan, korxonada erishilgan natijalarga binoan asosiy va qo'shimcha hom-ashyo va materiallarning shartli birlikka nisbatan ilmiy asoslangan me'yorlarining ishlab chiqilishi me'yorlarning o'zgarishiga sabab bo'lgan. Ya'ni 2004-2008 yillarda quyidagi shartnomalarga asosan yuqorida ko'rsatilgan institut tomonidan

  • 08.09.2000 yildan №1689 shartnoma va 20.10.2000 yildagi №216 ASH/1138 shartnoma;
  • 2003 yildan 4-ASH-341 sonli shartnoma;
  • 16.11.2004 yildagi №16/ASH/1043 sonli shartnoma;
  • 2006 yildagi ASH-06-1/817 sonli shartnoma;
  • 15.05.2007 yildagi ASH-06-1/819 sonli shartnoma.

Asosiy ishlab chiqarish uchun sarflanadigan hom-ashyo - GOST 12871 bo'yicha xrizotil asbest bo'lib Rossiya va Qozog'istonda tabiiy qazilmalardan olinadigan homashyo hisoblanib O'zbekistonda bunday qazilma boyliklari mavjud bo'lmaganligi sababli mahalliylashtirish dasturiga kiritib bo'lmaydi.

Korxonamiz tomonidan har yili O'zbekistonda o'tkazib kelinadigan "Sanoat-qurilish yarmarkasi"da ishlab chiqarilgan mahsulotlari bilan faol qatnashib keladi. Bundan tashqari korxonamiz 2003 yilda Fransiyaning "SPI" oltin medaliga sazovor bo'lgan.

Korxonamiz tomonidan har yili o'rtacha 260 ming dona shifer va 1.5 km quvur trubalari davlat dasturiga asosan maktab-kollejlarga, ichki ishlar Vazirligiga, ko'p qavatli uylarni qayta ta'mirlash maqsadlarga yo'naltirib borilmoqda.

Foto Galereya

Foydali saytlar

  • www.gov.uz O'zbekiston Respublikasi hukumat portali
  • www.lex.uz O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari milliy bazasi
  • www.uzex.uz O'zbekiston Respublikasi tovar hom-ashyo birjasi
  • www.kun.uz Kun yangiliklari

Biz bilan bog'laning

Asbestosement mahsulotlari va tom qismi uchun keramik cherepitsalar ishlab chiqaruvchi Ohangaronshifer aksiyadorlik jamiyati.

Manzil: Toshkent vil. Ohangaron sh. Sanoat hududi.
Telefon: 0370-645-39-99
Fax: 0370-645-39-96
E-mail: office_shifer@mail.ru